Апр 22

O’z uyingda hatto devorlar ham yordam beradi degan iborani futbol muhlislari ko’p qo’llashadi, ammo kechagi yomg’ir bunga qo’shilmadi go’yo. «Podval Shou» deya havaskor futbol muhlislariga ancha tanish bo’lgan kechaning 39 — soni ko’plab Namanganlik muhlislarning talablariga binoan Namanganda, aniqrog’i o’zimizning 30 — maktabdagi maydonda tashkil etildi. Maydondagi muhlislarni Shouning so’ngiga qadar qolishlarini istashganmi, negadir mahalliy jamoamizning o’yinini eng so’ngiga qoldirishibdi. Yulduzlar ligasidagi ishonchli ishtirokidan so’ng jamoamizdan g’alaba kutganimiz rost. Ammo Andijondan tashrif buyurib, kech soat 23.00 gacha o’z navbatini kutgan Million jamoasi boshqacha fikrda ekan. Xullas yutqazdik. Balki kuch, balki tajriba va balki boshqa omillar sabab bo’lgandir. Balki bizning jamoaga ham boshqalar qatori menejer kerakdir, va yana balki o’yinchilarni almashtirishni kimdir nazoratga olsa yaxshi bo’lar… Lekin umuman olganda G’alcha ham va nihoyat katta musobaqalarda qatnasha olishini isbotladi. Shunga xursanmiz. Keling yigitlarga kelgusi o’yinlarida omad tilaylik.

Leave a Reply